Noma’lum kimsaning Avstriya g‘arbidagi poyezdda pichoq bilan tashlanishi oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda 16-avgust, seshanba kuni Yevropa OAVlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Hodisa mamlakatning Forarlberg federal yerida sodir bo‘ldi. Nashrlarga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri bahs chog‘i pichoq ko‘targan va suhbatdoshi hamda yana bir kishini yaralagan.
Erkak mahalliy politsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi. Uni bunga undagan sabablar hozircha noma’lum. Erkakning terrorchilar bilan aloqasi haqida ham ma’lumot olinmagan.
Izoh (0)