Amerikalik suzuvchi Maykl Felps 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kirita olmadi. U chempionlikni singapurlik sportchi Jozef Skulinga boy berib qo‘ydi.
Bu Felpsning Olimpiada o‘yinlaridagi 27-medali bo‘lib tarixga kirdi. Shulardan 22 tasi oltin hisoblanadi.
Qiziq tomoni, batterflyay musobaqasida marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelish Maykl Felpsdan tashqari yana ikki sportchiga nasib qildi va tashkilotchilar har uchala ishtirokchini ham kumush medal bilan siylashga qaror qildi.
Izoh (0)