Rossiya hukumati mamlakatga olib kirilgan taqiq ostidagi oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilish muddatini 2017-yil 31-dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tegishli qaror huquqiy axborot rasmiy portalida chop etildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada o‘tgan yilning shu davridan hozirgacha 7,5 ming tonnadan ko‘proq mahsulot yo‘q qilindi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining bildirishicha, Yevroittifoq, AQSh, Kanada, Norvegiya va Avstraliya oziq-ovqatga qo‘yilgan taqiq tufayli yiliga 8,6 milliard dollardan iborat bozorni boy berdi.
Izoh (0)