Suriya armiyasi 9-avgustdan janubi-g‘arbiy Aleppoga hujumga o‘tdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari “erishilgan yutuqni rivojlantirishda” davom etmoqda. Rudskoy qo‘shimcha qilishicha, jangarilarning bir nechta otryadlari Alepponi tark etib bo‘ldi. U to‘rt kecha-kunduzda mingdan ortiq jangarilar yo‘q qilingani, ikki mingga yaqini esa yaralanganini aytdi.
“Yettita tank, sakkizta jangovar mashina, 29 ta qurol-aslaha va minomyot, 85 ta yirik kalibrli qurolli avtomobil yo‘q qilindi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Rudskoy.
Uning ta’kidlashicha, Aleppoda shahar ichiga gumanitar yuk ortilgan konvoylar kirishi uchun 11-avgustdan har kuni uch soatga jangovar harakatlar, aviatsiya va artilleriya zarbalari to‘xtatib turiladi.
Izoh (0)