Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi ijobiy tendensiya hisoblanadi. Bunday fikrni Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburgdagi uchrashuvini izohlar ekan, bildirib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Hozir ular hamkorlikka qaytishga urinmoqda. Buning o‘ziyoq, albatta, yaxshi ish, ixtilof xavfi yo‘q”, — dedi Niinistyo.
“Ammo Turkiya Rossiyadan kechirim so‘raganidan keyin, darhol men Yevropa Turkiya va Rossiya kooperatsiyasi qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatishi zarurligini aytgandim”, — deya ta’kidladi Finlyandiya prezidenti.
U, shuningdek, Turkiya Yevropa ittifoqi bilan qochoqlar borasida tuzilgan kelishuvlarga rioya qilishi yuzasidan ehtiyotkor optimizm bildirdi.
O‘tgan yili keskinlashgan Turkiya-Rossiya munosabatlari oxirgi paytlarda yana iliqlashib bormoqda. Jumladan, 9-avgust kuni Erdo‘g‘on Sankt-Peterburgga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan uchrashdi. Keyinroq Putin ushbu uchrashuvni konstruktiv deb baholadi. Erdo‘g‘onning vakili esa Turkiyaning Rossiya bilan iliq munosabatlarining tiklanishi uning NATO bilan muloqotni davom ettirishiga to‘sqinlik qilmasligini aytdi.
Izoh (0)