Turkiya IShID guruhiga qarshi operatsiyada anchagina ko‘mak bermoqda. Pentagon Anqara ushbu siyosatini o‘zgartirmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda AQSh quruqlikdagi kuchlari general-leytenanti Shon Makfarlend telekonferensiya rejimidagi brifing chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Unga berilgan savol Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari Turkiya bilan hamkorlikka ta’sir qilish ehtimoli masalasiga aloqador edi.
“Turkiya NATO bo‘yicha bizning hamkorimiz. Ular IShIDga qarshi kampaniyada sezilarli ko‘mak bermoqda. Ular bu harakatini davom ettiradi deb o‘ylayman”, — dedi u.
Rossiya va Turkiya prezidentlari 9-avgust, seshanba kuni o‘tgan yilning noyabrida Turkiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan Su-24 bombardimonchi samolyotining urib tushirilishidan so‘ng yuzaga kelgan munosabatlarning sovishi davridan keyin birinchi muzokaralarni o‘tkazdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)