Dog‘istonning Asab qishlog‘ida noma’lum shaxslar Shamil tumani federal sudyasini otib ketdi, deb yozadi “RBK” mintaqa huquq-tartibot organlariga tayanib.
Qotillik sudya Ubaydulla Magomedovning o‘z uyida sodir etilgan. Noma’lum kishilar sudyani otib o‘ldirgach, noma’lum tomonga qarab qochgan.
Manba qo‘shimcha qilishicha, Magomedov jinoyatchilik guruhlari haqida bir prinsipli fikrga ega bo‘lgani uchun o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda hujum qilgan shaxslar qidirilmoqda.
Izoh (0)