Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Ukraina masalasi hal etilishidan manfaatdor bo‘lsa, Kiyevga ta’sir o‘tkazishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Asosiysi, Kiyev rasmiylarini qo‘llab-quvvatlayotganlar o‘zlari nimani istayotganligiga aniqlik kiritib olishi lozim: ular mijozlari kelgusida ham shu kabi fitnalar bilan shug‘ullanishini ma’qullaydimi yoki masalalar tinchlik yo‘li bilan hal etilishinimi. Agar chindan ham tinchlikni istasa, Kiyev rasmiylariga tegishli bosim o‘tkazish uchun aniq harakatlarni amalga oshirishlari zarur”, — deya ta’kidladi Putin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrim Respublikasi hududida Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan teraktlarning oldi olinganini ma’lum qildi. Diversantlar guruhini tutish chog‘ida FXX xodimi va rossiyalik harbiy halok bo‘ldi.
Izoh (0)