Belgiyadagi ikki samolyot bortida portlash sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bryusseldagi “Zaventem” aeroporti matbuot kotibining ta’kidlashicha, havo qo‘nalg‘asida ham hech qanday muammo aniqlanmadi. Biroq oldinroq uning mamlakat federal prokuraturasidagi hamkasbi aeroportda zarur xavfsizlik choralari ko‘rilganini bildirgandi.
Belgiya rasmiylari 10-avgust, chorshanba kuni poytaxtga uchayotgan ikki samolyot bortida portlash xavfi haqida ma’lum qilgandi. Ulardan birida kelgan mahalliy telekanal jurnalistiga ko‘ra, havo kemasi kapitaniga samolyot qo‘nishidan 20 daqiqa oldin portlash xavfi haqida xabar berilgan.
Izoh (0)