Misr armiyasi Sinay yarim orolida “Ansar Bayt al-Makdis” terrorchilik guruhi yetakchisini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” mamlakat harbiy qo‘mondonligiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, ushbu guruh boshlig‘i Abu Duo al-Ansariy IShID terrorchilik tashkilotiga sodiqlikka qasamyod qilgan.
Avvalroq IShIDning Sinaydagi qanoti Rossiya samolyotining Sinay yarim orolidagi 2015-yil oktabrdagi halokatiga sababchi bo‘lishi mumkinligi xabar berilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)