AQShda o‘tgan haftada benzin zaxiralari sezilarli darajada kamaygani haqidagi xabarlar tufayli neft qimmatlashda davom etmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
4-avgust, payshanba kuni ertalab oktabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 0,46 foizga oshib, bir barreli uchun 43,30 dollarga yetdi. Sentabrda yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi 0,76 foizga — bir barreli uchun 41,14 dollargacha ko‘tarildi.
AQShda o‘tgan haftada benzin zaxiralari 3,3 million barrelga (238,2 million barrelgacha) qisqardi. Ekspertlar bu ko‘rsatkich atigi 0,2 million barrel atrofida bo‘lishini kutgandi. Shuningdek, mamlakatda hafta mobaynida neft qazib olish hajmi sutkasiga 55 ming barrelga (sutkasiga 8,46 million barrelgacha) pasaydi.
Izoh (0)