Avstraliyaning razvedka va xavfsizlik bo‘yicha bosh inspektori Margaret Stoun ASIO (Avstraliya xavfsizlik va razvedka xizmati) xodimlaridan birida o‘ta semiz barmoqlar tufayli yuzaga kelgan muammolar haqida hikoya qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Noxush holatlar bo‘lib turadi. Bir gal ASIO xodimidan noto‘g‘ri terilgan raqamlar tufayli xizmat boshqa telefon raqamlarini eshitishi bilan bog‘liq hodisalar turkumi haqida so‘radim. ‘Bu qanday sodir bo‘ldi? Ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ygansizlar!’ deb so‘radim. Bunga javoban ‘Hammasiga semiz barmoqlar aybdor’ degan izohni eshitdim”, — deya hikoya qiladi Stoun.
Inspektorga ko‘ra, josuslik agentliklari faoliyatida chindan ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ba’zan bu inson omiliga bog‘liq bo‘ladi.
Izoh (0)