Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimini turli mamlakatlarda jami 3 milliardga yaqin kishi tomosha qiladi. Bu haqda CNN’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ochilish marosimi “Marakana” stadionida 5-avgust (Toshkent vaqti bilan 6-avgustga o‘tar kechasi 04:00)da bo‘lib o‘tadi. Marosimda ko‘plab Braziliya musiqasi va raqslari bo‘ladi, shuningdek, 12 yoshli reper hamda Braziliyaning eng mashhur xonandalaridan Jilbertu Jila va Kaetanu Velozu ishtirok etadi.
Ochilish marosimining tashkilotchilaridan biri Fernandu Meyrellishning ma’lum qilishicha, Braziliya inqirozni boshdan kechirayotgani uchun Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimiga budjet cheklangan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)