Futbol afsonasi, braziliyalik sobiq sportchi Pele sog‘lig‘i tufayli Rio-de-Janeyroda o‘tadigan 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda, futbolchining As nashri keltirgan bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Pele shifokorlardan marosimda ishtirok etish ruxsatini olgani ma’lum qilingan edi.
“Ayni paytda men Olimpiada ochilish marosimida qatnashadigan ahvolda emasman. Braziliyalik sifatida men Xudodan ushbu buyuk voqeada ishtirok etayotganlarni yorlaqashni so‘rayman”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)