Meksika poytaxtining Istapalapa tumanida bir kishi avtobus yo‘lovchilariga hujum qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
El Universal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, u jinoyatchilarga buyumlarini berishdan bosh tortgan, shundan so‘ng otib o‘ldirilgan. Huquq-tartibot idoralari hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
O‘tgan haftada, 28-iyul, payshanbaga o‘tar kechasi ham Mexikoning mazkur tumanida ikki kishi jinoyatchilar hujumi qurboni bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Undan bir kun avval Tlauak tumanida avtobusda uyushtirilgan otishmada bir kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jabrlangandi. Ikkala holatda ham jinoyatchilar yashirinishga ulgurgan.
Izoh (0)