4-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Qozog‘iston Sibir kuydirgisining avj olishi tufayli Rossiyadan yirik qoramol yetkazilishiga vaqtincha cheklov joriy qildi. Sibir kuydirgisi odamlar orasida ham qayd etilgan.
2. O‘zbekistonning birinchi Dreamliner samolyoti bo‘yoqdan chiqarildi. Yangi samolyot “Toshkent — Nyu-York” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.
3. Humo qushi ko‘rinishidagi “Toshkent-4” terminali 336,4 mln dollarga quriladi. Yangi terminal soatiga 1,5 ming, yiliga 5,7 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.
4. Ukraina bozorida Ravon brendi ostidagi avtomobillar paydo bo‘ladi. Mazkur avtomobillarning Ukraina bozoridagi narxi hozircha ma’lum qilinmagan.
5. Toshkent Kichik halqa yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida suv quvuri yorildi. Hodisa natijasida kamida bitta Nexia avtomobiliga jiddiy zarar yetgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)