Britaniyalik velosipedchi Garet Klirning orqa cho‘ntagida iPhone 6 portlab ketganidan so‘ng uni teri o‘tkazish amaliyotidan o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Bir kuni velosipedda sayr qilib yurgan Garet yiqilib, smartfon ustiga tushdi. Shundan so‘ng u orqa cho‘ntagidan tutun chiqayotganini payqadi. Bir necha soniyadan so‘ng iPhone 6 portlab portlab ketib, Klirning bir necha qavat terisini zararladi. U ishtonini yechib tashlashga urindi, lekin smartfon erib, oyog‘iga oqib ketgan edi.
“Telefon ichidan qora ko‘chki misoli litiy oqib chiqa, metall esa qiyshaya boshladi”, — deb eslaydi Klir.
Velosipedchiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi. Uning oyog‘iga teri ko‘chirib o‘tkazish talab etildi.
Klirning so‘zlariga qaraganda, Apple kompaniyasi unga bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan surishtiruv olib borishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)