Google Play dasturlar do‘konida 155 ta dastur tarkibida bo‘lgan troyanni aniqlashdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. “Doktor Veb” hisob-kitoblariga ko‘ra, virusni 2 milliondan ziyod foydalanuvchilar yuklab olgan.
Troyan Android.Spy.305.origin deb nom oldi. Ushbu virusga ega dasturlar qurilmaning normal tarzda ishlashiga xalal berib, hadeb reklamalarni aks ettiraveradi. Shuningdek, zararli dasturlar yovuz niyatlilarning serveriga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, xususan, elektron pochta manzilini yuboradi.
“Doktor Veb” ta’kidlashicha, troyan “jonli” oboylar, tasvir tahrirlagichlari, internet-radio kliyentlari va boshqa dasturlarda mavjud bo‘ladi.
Google kompaniyasini ushbu virus haqida xabardor qilishdi, ammo ba’zi zararli dasturlar Google Play’da hamon yuklash uchun ochiq bo‘lib turibdi. Zararlangan dasturlarning to‘liq ro‘yxati bilan tadqiqot sahifasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)