Reddit resursining _problemz niki ostidagi foydalanuvchisi Pokemon Go o‘yinini to‘liq o‘tib bo‘lgani — yakuniy 40-bosqichga yetganini ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Shundan so‘ng u ishlab chiquvchilarga murojaat qilib, uning akkauntini o‘chirishni so‘radi.
Dalil sifatida germaniyalik yigit o‘zi yetib kelgan bosqich ko‘rsatilgan skrinshotni namoyish qildi. Bundan tashqari, smartfon ekranida o‘yin 40-bosqichga yetib kelganlik uchun beradigan bonuslar miqdori ham aks etgan. Shuningdek, o‘yinchi to‘plangan o‘yin boyliklari va pokemonlar kolleksiyasini ko‘rsatdi.
Foydalanuvchi tez o‘tish uchun o‘yin ichida xaridlarni amalga oshirganini tan oldi. 131 ta tuxumni “bosib, jo‘ja ochdirish” uchun va boshqa o‘yin boyliklariga u jami 40 dollar sarfladi.
Yigit bot yozdi, ushbu maxsus skript unga uydan chiqmasdan turib pokemonlarni ovlash imkonini berdi. Smartfon avtomatik rejimda ishladi, o‘yin boyliklari esa hodisani tezlashtirish uchungina ishlatildi. Yakunda o‘yinchi soatiga 280 mingtagacha xitpoint ishlab topdi.
Foydalanuvchi fikricha, halol bo‘lmagan yo‘l bilan ovlangan pokemonlarni janglarda qo‘llash noto‘g‘ri. Aynan shu sababli u Ninatic Labs’ga xat yozib, skript u uchun tajriba bo‘lgani va u o‘z maqsadiga erishgani, demak, akkauntni o‘chirish kerakligini ma’lum qildi.
Izoh (0)