O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 2-avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2969 so‘m 43 tiyin etib belgilandi. Bu 26-iyuldagi kursga nisbatan 5 so‘m 40 tiyinga ko‘p.
2-avgustdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3302 so‘m 01 tiyin (26-iyuldagi kursga nisbatan 10 so‘m 64 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 447 so‘m 68 tiyin (26-iyuldagi kursga nisbatan 3 so‘m 81 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 29 tiyin (26-iyuldagi kursga nisbatan 1 so‘m 57 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)