Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston viloyat markazlari va yirik shaharlari orasida 31-iyul, yakshanba kuni eng salqin havo Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlarida kuzatildi. “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra (pdf), shu kuni Andijon va Namanganda maksimal havo harorati +28 darajagacha, Farg‘onada esa +29 darajagacha ko‘tarildi.

Andijon viloyati. Foto: O‘zA

Andijon viloyati. Foto: O‘zA

Shu kuni Samarqandda eng yuqori havo harorati +30 daraja, Jizzax shahrida +31 daraja, Guliston shahrida +32 daraja, Toshkent shahrida +33 daraja, Navoiy shahrida +34 daraja, Buxoro va Termiz shaharlarida +35 daraja, Qarshi shahrida +36 daraja, Nukus va Urganch shaharlarida esa +37 darajani tashkil etdi.

Skrinshot: “O‘zgidromet”

Skrinshot: “O‘zgidromet”

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati bundan ham salqinroq bo‘lgan. Xususan, Qamchiq dovonida 31-iyul kuni havo harorat +17 darajadan oshmagan bo‘lsa, Chimyon yon-bag‘irlarida eng yuqori harorat +21 darajani tashkil etgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi