31-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonning faqat tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13...+18 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, mamlakatning qolgan joylarida esa +23...+25 darajagacha iliq bo‘ladi.
31-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20...+25 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +28...+33 daraja, Toshkent shahrida esa +33...+35 daraja issiq bo‘ladi.
Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +37 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)