• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Yahoo! juda arzonga sotildi. Nega?

    AQShning Verizon Communications kompaniyasi Yahoo!’ning asosiy biznesini 4,8 milliard dollarga sotib olayotganini e’lon qildi (taqqoslash uchun, Facebook kompaniyasi WhatsApp messenjerini 19 milliard dollarga sotib olgan edi). Eng qiziqarli internet-kompaniyalardan birining mustaqil tarixi shu bilan yakuniga yetdi: internet zamonining ibtidosida peshqadamlar safida turgan va hozirda Facebook yoki Google kabi kompaniyaga aylanishi mumkin bo‘lgan Yahoo! o‘z menejmentining xatolari sabab rivojlanishdan to‘xtab qoldi. “Meduza” nashri Yahoo!’ning tarixini yodga oldi.

    Foto: The Stack

    Foto: The Stack

    1. Yahoo!’ga asos solinganiga 20 yildan oshdi, ya’ni, u Facebook paydo bo‘lishidan ancha avval, Google’dan esa ikki yil avval ishga tushgan. Stenford universiteti aspirantlari Devid Filo va Jerri Yang avvaliga shunchaki internetdagi saytlar “katalogi”ni tayyorlagan, biroq faoliyatining dastlabki davridayoq u o‘z zamonasidan ilgarilab keta olgan. 1998-yilga kelib Yahoo!’ning bosh sahifasi internetdagi eng ommabop sahifalardan biriga aylanib ulgurgandi; 2004-yilga qadar, gmail paydo bo‘lishidan avval, hamma aynan Yahoo!’ning pochtasidan foydalanardi (ha, hotmail ham bor edi). Umuman olganda, Yahoo!’ning starti a’lo darajada bo‘lgan — biroq keyin nimadir bo‘ldi.

    2. Faoliyatining ilk yillarida Yahoo! bir necha zo‘r xaridlardan voz kechgan, vaholanki, aynan o‘sha savdolar sabab bugun u yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin edi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya imkoniyatlari bo‘la turib, ikki marta Google’ni sotib olmagan — avvaliga, 1998-yili Google uchun 1 million dollarni qimmat deb hisoblagan, 2002-yili esa uch milliard dollardan ortiq to‘lamayman, deb turib olgan. Bundan tashqari, Facebook hozirgidek mashhur va ommabop bo‘lib ketishidan ancha ilgari Yahoo! uni sotib olishga uringan, biroq tomonlar narx borasida kelisha olmagan.

    3. Yahoo!’ning nafaqat amalga oshmagan xaridlari, balki amalga oshgan xaridlari ham katta xatoga aylangan. Broadcast.com qanday sayt ekanligini hozir birov bilmasa kerak, biroq 1999-yili Yahoo! shu loyiha uchun 5,7 milliard dollar to‘lagan. Overture nimaligini bilasizmi? Bu “klik evaziga to‘lov” texnologiyasini o‘ylab topgan kompaniya — aynan shu texnologiya ortidan keyinroq Google Adwords boyib ketdi. 2008-yili Yahoo!’ning o‘zi sotilishi mumkin edi — Microsoft qariyb 45 milliard dollarlik taklif bilan chiqqan. Ko‘pchilik aynan shu taklifning rad etilishini Yahoo! rahbariyatining qolgan barcha katta xatolaridan ham kattaroq xato deb hisoblaydi.

    4. Shunga qaramay, Yahoo! aynan o‘zining savdo kelishuvlari tufayli bugun ham mavjud bo‘lib turibdi. Baxtga qarshi, muvaffaqiyatli chiqqan kelishuvlarning ko‘pchiligi Amerika bozorida emas, balki xorijda rasmiylashtirilgan. Xususan, Yahoo! Xitoyning Alibaba internet-reteyleri bilan qo‘shma korxona tashkil etdi, bu korxona esa keyinchalik qiymati 200 milliard dollardan ortiq bo‘lgan gigant kompaniyaga aylanib ketdi. Hozir Yahoo! Alibaba’ning 15 foiziga egalik qiladi — bu 31,2 milliard dollar degani. Qiyoslash uchun, Yahoo!’ning butun kapitalizatsiyasi 38 milliard dollarga teng va bu summa, o‘ylab ko‘rilsa, nafaqat Alibaba’dagi ulushni, balki Yahoo Japan’dagi hissa (yana 8,3 milliard dollar)ni ham o‘z ichiga olishi kerak. Oddiy qilib aytganda, Yaponiya va Xitoy korxonalaridagi ulushni hisobdan chiqarib tashlasa, Yahoo! qiymati manfiy tomondagi shirkatga aylanib qoladi.

    5. Verizon esa Alibaba va Yahoo Japan’dan ortib qolgan aktivlarni ham nimagadir arziydi, deb hisoblamoqda. Aniqrog‘i, 4,8 milliard dollarga. Bu pul evaziga Verizon Osiyodagi biznes va patentlar to‘plamidan boshqa hamma narsani, xususan, Yahoo!’ning barcha ko‘chmas mulklari, oyiga bir milliardga yaqin unikal foydalanuvchilar (225 million kishi hali ham Yahoo! elektron pochtalaridan foydalanadi) va bir necha alohida kompaniyalarni, jumladan, Tumblr’ni qo‘lga kiritadi. Yahoo!’da investorlar ishonch bildirishi mumkin birorta ilg‘or texnologiya yo loyiha yo‘q — kompaniya ko‘pdan beri trendlarga yetib olishga harakat qiladi, xolos; o‘zi hech narsaga asoschi yoki boshlovchi bo‘lmay qo‘ygan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    27.07.2016, 16:59   Izoh (0)   5449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kuniga 1,6 million dollarlik daromad, bir necha tuxum “qo‘yish” uchun bosilishi kerak bo‘lgan 10 kilometrlik masofa: Pokemon Go bilan bog‘liq qiziqarli raqamlar

    27.07.2016, 16:13

    Apple kompaniyasi daromadi 7 mlrd dollarga qisqardi

    27.07.2016, 11:37

    Uchala iPhone 7 aks etgan insayderlik fotolari e’lon qilindi

    26.07.2016, 16:55

    Xiaomi’ning eng katta smartfoni Toshkentda 2,2 million so‘mdan taklif etilmoqda

    25.07.2016, 17:42

    Belarusda smartfonni maxfiy kuzatuvdan himoya qiladigan g‘ilof yaratildi

    25.07.2016, 09:34

    Verizon kompaniyasi Yahoo’ni 4,8 mlrd dollarga sotib oladi

    25.07.2016, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.