Somali poytaxti Mogadishodagi aeroport yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Reuters’ga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil aeroport yonida joylashgan tinchlikparvarlar bazasi yaqinida portlatilgan.
Ayni paytda qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi ma’lumot aniqlashtirilmoqda.
Al Jazeera yozishicha, jami ikkita portlash yuz bergan. Bundan tashqari, portlashlardan avval aeroportga kirish joyida otishma bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)