Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Federal bojxona xizmati boshlig‘i Andrey Belyaninovning hamda “Arsenal” kompaniyalar guruhi rahbari, ilgari Belyaninovning maslahatchisi bo‘lgan Sergey Lobanovning uylarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tintuv chog‘ida uylardan pulga to‘ldirilgan poyabzal qutilari va qadimiy rasmlar topildi.
Tergov harakatlari Rossiyaga qimmatbaho alkogol mahsulotlarining kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishi yuzasidan “Forum” xoldingi rahbari Dmitriy Mixalchenkoga nisbatan olib borilayotgan ish bilan bog‘liqdir.
Izoh (0)