Amerikaning Verizon Communications Inc. telekommunikatsiya kompaniyasi Yahoo’ni 4,8 milliard dollarga xarid qilish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi haqida kelishib oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bu haqda Bloomberg vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbasiga tayanib xabar berdi. O‘zlashtirish haqida Verizon 25-iyul kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Manba aniqlik kiritishicha, Yahoo ko‘chmas mulk obyektlari hamda intellektual mulk aktivlarining sotuvi alohida-alohida amalga oshiriladi.
Bloomberg ta’kidlashicha, Yahoo o‘zining Alibaba Group Holding Ltd va Yahoo Japan Corp’dagi ulushlarini saqlab qolmoqchi.
Izoh (0)