AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden smartfonlar uchun maxsus g‘ilof ishlab chiqmoqda, u maxsus xizmatlarga qurilmaning egasini yashirincha kuzatish imkonini bermaydi. Bu haqda yangi g‘oyalar muhokama qilinadigan PubPub internet manbasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Snouden ushbu loyiha ustida amerikalik dasturchi Endryu Xvang bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ular jurnalistlar uchun maxfiy kuzatuvdan himoya qiladigan, shuningdek, kimdir ularning qayerda ekanligini aniqlashga urinayotganini bildiradigan qurilma yaratishni istashini ma’lum qildi.
G‘oyaga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘z smartfonini aviarejimga o‘tkazib, maxsus g‘ilofga joylashi kerak bo‘ladi. Shunda qurilma axborot uzatishdan butunlay to‘xtaydi, kimdir smartfonni buzib kirishga urinsa, g‘ilof tegishli signal orqali xabardor qiladi.
Izoh (0)