Belarusning “SvetlogorskXimvolokno” kompaniyasi mobil qurilmalar uchun g‘ilof ishlab chiqdi, u foydalanuvchini maxfiy tinglash va kuzatuvdan himoya qiladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Avvalroq AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden smartfonlar uchun maxsus g‘ilof ishlab chiqayotgani, u maxsus xizmatlarga qurilmaning egasini yashirincha kuzatish imkonini bermasligi xabar qilingan edi. Ammo bunday g‘ilof allaqachon belaruslik muhandislar tomonidan yaratib bo‘lingan.
“SvetlogorskXimvolokno” kompaniyasi g‘ilofi smartfonni maxfiy kuzatuv hamda qurilmadan axborotni uchinchi shaxslarga jo‘natishdan to‘liq himoyalaydi. Shuningdek, u mobil aloqaning barcha kiruvchi va chiquvchi signallarni hamda GPS’ni bloklash orqali telefon egasining joylashgan o‘rnini aniqlash imkoniyatini bermaydi.
G‘ilof viskozali va uglerodli matodan qilingan, u qurilma egasini nurlanishdan ham saqlaydi.
Izoh (0)