Virjiniya shtatidan senator Tim Keyn uni vitse-prezidenti sifatida tanlagan Hillari Klinton bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Men uchun saylovlarda uning sherigi bo‘lish katta sharaf. Mayamiga ertaga bo‘lajak parvozimni sabrsizlik bilan kutyapman”, — deya yozgan siyosatchi Twitter’dagi sahifasida.
Keyn 58 yoshda. Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, u katolik bo‘lib, ispan tilida erkin so‘zlashadi. 2005-yilda Keyn Virjiniyaning gubernatori etib saylangan. 2012-yilda esa Virjiniya senatorligiga saylangan.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni respublikachi Donald Tramp Indiana gubernatori 57 yoshli Mayk Pensni vitse-prezidentlikka o‘z nomzodi sifatida tanlagan edi.
Izoh (0)