Rossiya 2016—2019-yillar uchun savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi loyihasi bo‘yicha Turkiya bilan muzokaralarni qayta boshlaydi. Bu haqda hukumat qaroriga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Turkiya hukumatlararo komissiyasi faoliyati qayta tiklanadi. Turkiya tomoni bilan xizmatlar savdosi va investitsiyalar haqidagi, shuningdek, har ikkala mamlakatda investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha Rossiya-Turkiya qo‘shma fondini yaratish bo‘yicha muzokaralar yana boshlanadi.
Moskva va Anqara 2014-yilda xizmatlar va investitsiyalar uchun preferensial rejim to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borishni boshlagan, biroq 2015-yil noyabrida, muzokaralarning ikkita davrasidan so‘ng, loyiha to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Izoh (0)