Ukraina milliy politsiyasi ma’lum qilishicha, jurnalist Pavel Sheremetning o‘ldirib ketilishi bo‘yicha asosiy versiya sifatida uning professional faoliyati ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Pavel Sheremetning halokati asosiy versiyasi sifatida guruh uning professional faoliyatini ko‘rib chiqmoqda, shuningdek, jinoyat amalga oshirilgani bilan bog‘liq boshqa versiyalar ham bor”, — deyiladi xabarda.
20-iyul, chorshanba kuni Sheremet radiodagi tonggi efirga ketayotgan avtomobil Kiyev markazida portlab ketdi. Jurnalist voqea joyida halok bo‘ldi. Ukraina xavfsizlik xizmati Sheremetning o‘ldirib ketilishi yuzasidan oltita versiyani ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)