Myunxendagi “Olimpiya” savdo markazida otishma uyushtirgan shaxs kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Germaniya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Uni bunga undagan sabablar noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Xubertus Andre ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Andrega ko‘ra, gumonlanuvchi oldinroq politsiya nazariga tushmagan, uning kontaktlari haqida ma’lumot yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat to‘pponcha yordamida amalga oshirilgan.
Oldinroq rasmiylar savdo markaziga hujum uyushtirgan shaxsning jasadi topilganligini bildirgandi. “Biz joniga qasd qilgan kishini topdik. U yagona mergan bo‘lganligi taxmin qilinmoqda”, — deyiladi Myunxen politsiyasi bayonotida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myunxendagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)