Suriyada shartnoma asosida xizmat qilayotgan rossiyalik harbiy xizmatchi Nikita Shevchenko Aleppo viloyatida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru” .
Harbiy mahalliy aholi uchun oziq-ovqat yuklangan kolonnaga hamrohlik qilayotganda jangarilar tomonidan aholi punktiga kirishda qo‘yilgan bombaga duch kelgan va portlab ketgan.
“Rossiyalik harbiy shifokorlar og‘ir jarohat olgan Nikitaning hayoti uchun kurashdi, biroq uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Askar qo‘mondonlik tomonidan o‘limidan so‘ng davlat mukofotiga tavsiya etildi.
Izoh (0)