Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqish haqida rasmiy so‘rov berishi va Bryussel bilan bo‘lg‘usi munosabatlari qanday bo‘lishini o‘zi belgilashi kerak. Bu haqda Berlinda Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashgan Germaniya kansleri Angela Merkel aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Eng boshidanoq — referendumdan keyin — men Yevropa ittifoqi bilan bo‘lg‘usi munosabatlar qanday bo‘lishini belgilash Britaniya hukumatiga havola ekanligini aytgan edim”, — dedi Merkel.
Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Brexit’ga qaramay, GFR va Buyuk Britaniya o‘zaro munosabatlarni, jumladan, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishni istashini ta’kidladi.
Merkel London Yevropadagi huquq me’yorlariga muvofiq, Bryusselga rasmiy so‘rov jo‘natmagunicha, Buyuk Britaniya va Yevroittifoq aloqalari haqida mavzuli suhbatlar olib bormasligini yana bir bora qayd etdi.
Izoh (0)