Olmaota politsiyasi shahar markazida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazishni yakunladi, deb yozadi “TASS” shahar ichki ishlar departamentiga tayanib.
“Tezkor-qidiruv tadbirlari tugallandi. Jinoiy tavsifga ega ma’lumot tekshirildi. U tasdiqlanmadi”, — deyiladi muassasa xabarida.
Avvalroq Olmaotaning Gogol-Zenkov-Makatayev-Abdullin ko‘chalari kesishmasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan edi. Fuqarolardan tinchlik saqlash va huquq-tartibot organlari xodimlarining barcha talablariga bo‘ysunish so‘raldi. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi, avtomobil harakati yopib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Olmaotada sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Shulardan to‘rt nafari huquq-tartibot xodimlari, biri chegarachi va yana biri IIV pensioneri bo‘lgan.
Izoh (0)