Kiyevda 20-iyul, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:45 da avtomobil portlashi oqibatida taniqli jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘ldi. U uyidan atigi bir necha o‘n metr siljishga ulgurgandi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar bermoqda.
Mashina “Ukrainskaya pravda” rahbari Alyona Pritulaga tegishli edi, ammo uning o‘zi avtomobilda bo‘lmagan. Hodisa joyiga Ukraina milliy politsiyasi rahbari Xatiya Dekanoidze kelgani bildirilmoqda.
Pavel Sheremet Belarusda tug‘ilgan va voyaga yetgan. Mahalliy televideniye va ORT telekanalida ishlagan. Prezident Lukashenko tuzumi bilan kelishmovchilik tufayli Rossiyaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Oxirgi besh yil mobaynida “Ukrainskaya pravda” nashri, shuningdek, televideniye va radioda boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.
Izoh (0)