Istanbul meri Qodir To‘pbosh shahar muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarish ishtirokchilari uchun alohida qabriston tashkil etishini bildirdi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men ‘xoinlar qabristoni’ uchun yer ajratishga ko‘rsatma berdim. O‘tgan-ketganlar u yerda dafn etganlarni la’natlab o‘tadi”, — ma’lum qildi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, ilgariroq O‘rdu viloyati rasmiylari isyonchilarni o‘z yerlarida dafn etishdan bosh tortgan edi. Shu bois marhumlarning qarindoshlari ularni o‘z bog‘larida ko‘mishga majbur bo‘ldi.
“Isyonchilarda do‘zaxga tushadi. Va biz ular uchun dunyoni chidab bo‘lmas darajaga olib kelishimiz kerak”, — dedi To‘pbosh.
Izoh (0)