Turkiya hukumatining mamlakatda favqulodda holat joriy etish haqidagi qarori Resmi Gazete nashrida e’lon qilingach, rasman kuchga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Favqulodda holat 21-iyul, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00 dan boshlab uch oy muddatga joriy etildi.
Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini e’lon qilgandi. O‘shanda u mazkur qaror konstitutsiyaga to‘liq mos ekanligi va qonunlar yoki Turkiya fuqarolari erkinligini cheklamasligini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, to‘ntarishga urinish oqibatida 208 kishi halok bo‘ldi, 1 500 nafari turli tan jarohatlarini oldi.
Izoh (0)