O‘rtayer dengizini qayiqda kesib o‘tishga uringan 22 nafar muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayiq tubida, yoqilg‘i bilan aralashgan suvda tashkilot faollari 21 nafar ayol va bir erkakning jasadini topdi. 20-iyul, chorshanba kuni O‘rtayer dengizidagi turli operatsiyalar davomida jami 2 mingdan ortiq muhojir aniqlandi va qutqarildi.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning o‘zida O‘rtayer dengizidan Yevropaga yetib olish istagida bo‘lgan minglab qochoqlar halok bo‘ldi.
Izoh (0)