Rossiyaning Birinchi kanali Pokemon Go mobil o‘yini ommalashganligi haqidagi xabarida, jumladan, Oklend shahridagi (AQSh, Kaliforniya shtati) norozilik namoyishlariga oid videolavhalardan ham foydalandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ushbu videoda pokemonlar izlovchilari gala-gala bo‘lib gavjum trassaga tashlanayotgani, haydovchilar zo‘rg‘a mashinalari tormozini bosishga ulgurayotganini ko‘rish mumkin”, — deyiladi xabardа. Telekanal saytidagi matnda ham mazkur jumlani o‘qish mumkin.
Aslida esa video Qo‘shma Shtatlarda politsiyachilarning shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida tasvirga olingan.
Izoh (0)