Suriya harbiy-havo kuchlari Xama viloyatining sharqiy tumanlarida amalga oshirgan aviahujumlar natijasida IShID guruhining 100 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Suriya qo‘mondonligi vakilining so‘zlariga qaraganda, 20-iyul, chorshanba kuni ertalab al-Mufakkir aholi yashash punkti yaqinida 100 dan ortiq radikal to‘plangan. Amalga oshirilgan aviazarba natijasida ularning bari yo‘q qilingan.
Bundan tashqari, o‘sha hududda IShIDning bir nechta qurol-yarog‘ ombori portlatib yuborilgan, pulemyotlar o‘rnatilgan 13 ta mashinasi yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)