KXDR 19-iyul, seshanba kuni ballistik raketalarning uchirilishi Janubiy Koreya portlari va aerodromlariga preventiv zarbalar berishni mashq qilish doirasida bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
“Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida Amerika imperialistlarining yadro quroli joylashtiriladigan port va aerodromlarga preventiv zarbalar mashq qilindi”, — deyiladi Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.
Shimoliy Koreya 19-iyul, seshanba kuni uchta ballistik raketani uchirdi. Reuters yozishicha, Scud turidagi raketalar uchirilgan, ular Yapon dengizi tomonga 500—600 kilometrgacha uchib borgan.
KXDR 9-iyul kuni Yapon dengizi akvatoriyasida Koreya yarim orolidan sharqda turgan suv osti kemasidan ballistik raketa uchirgan edi.
Izoh (0)