Iroq bosh vaziri olti vazirning iste’fosi haqidagi arznomani tasdiqladi, deb yozadi “TASS” uning matbuot xizmatiga tayanib.
“Vazirlar kengashi rahbari Haydar al-Obodiy neft vaziri, transport vaziri, uy-joy qurilishi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, suv resurslari vaziri, sanoat va mineral resurslar vaziri, shuningdek, ichki ishlar vazirining iste’fosini qabul qilish to‘g‘risida qator buyruqlarni imzoladi”, — deyiladi qisqa bayonotda.
Keskin ichki siyosiy inqiroz Iroqda yil boshidan buyon davom etmoqda. Al-Obodiy fevralda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida hukumat tarkibini to‘liq o‘zgartirish rejalari haqida e’lon qilgandi.
Izoh (0)