AQSh va Yevroittifoq Jahon savdo tashkiloti (JST)ga Xitoyga qarshi navbatdagi shikoyat arizasini berdi. Bu haqda savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstrem va AQShning savdo muzokaralaridagi vakili Maykl Froman ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
AQSh va Yevroittifoq Xitoyning xomashyo mahsulotlariga eksport bojlari va eksport kvotalari ustidan da’vo bermoqda. Vakillar so‘zlariga ko‘ra, bunday savdo cheklovlari JST qoidalari bilan taqiqlangan.
O‘tgan hafta Vashington JSTga Xitoy ustidan da’vo arizasi berishini e’lon qilgan, bunga sabab sifatida uning to‘qqizta xomashyo mahsuloti — grafit, kobalt, magneziya, mis, qo‘rg‘oshin, surma, talk, tantal, ruxga qo‘yilgan eksport bojlari keltirib o‘tilgandi. Endi da’vo kengaytirilmoqda.
Izoh (0)