AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar bermoqda “TASS” Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 19-iyul, seshanba kuni ertalab bo‘lib o‘tgan suhbatda Obama AQSh Turkiyaning demokratik tarzda saylangan fuqarolik hukumatini qat’iy ravishda qo‘llab-quvvatlashini yana bir bora tasdiqladi. Bundan tashqari, Amerika yetakchisi “aynan nima sodir bo‘lganini tekshirish” doirasida har qanday yordamga tayyorligini bildirdi.
Shu bilan birga, AQSh ma’muriyati vakili tergov “demokratik tamoyillar va Turkiya konstitutsiyasiga muvofiq tarzda” olib borilishi kerakligini aytdi.
Izoh (0)