18-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Turkiya bosh vaziri Yildirim: harbiy to‘ntarish harakati chog‘ida 208 kishi halok bo‘ldi, 1500 kishi jarohatlandi. Prezident Erdo‘g‘on esa Turkiyada o‘lim jazosi joriy qilinishi mumkinligini aytdi.
2. Olmaotadagi otishmada uch nafar politsiyachi va bir fuqaro halok bo‘ldi. Aynan shu otishma sabab Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi.
3. Tramp saylovoldi poygasida Klintondan ortda qolishni sezilarli darajada qisqartirdi. Hozir AQSh prezidentligiga nomzodlar o‘rtasidagi farq 4 foizni tashkil etmoqda — bir oy avval bu ko‘rsatkich 12 foizga teng edi.
4. 120 ming venesuelalik oziq-ovqat va dori-darmon xarid qilish uchun Kolumbiyaga borib keldi. So‘nggi yillar davomida Venesuela og‘ir iqtisodiy va moliyaviy inqirozni boshdan o‘tkazmoqda.
5. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dortmundning “Borussiya” klubi yoshlarini mag‘lub eta olmadi. Eslatib o‘tamiz, bu milliy terma jamoa JCh—2018 yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)