Toshkent viloyatidagi “O‘smat ota” jome masjidi qurilishi ishlari boshlandi. Ushbu masjidning tayyorlangan loyihasiga ko‘ra, kishilar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda “Muslim.uz” xabar bermoqda.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi ulamolar hamda nuroniy otaxonlar masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berdi.
Piskent tumanida joylashgan “O‘smat ota” jome masjidining yangi binosi uzunligi 24, eni 12 metrni tashkil etib, bir vaqtni o‘zida uch yuzdan ziyod namozxonni sig‘dira oladi.
Izoh (0)