O‘zbekistonning ba’zi hududlarida 18-iyul, dushanba kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +20...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
18-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda +22...+27 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +37 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +35...+40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Xabar berishlaricha, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 18-iyulga o‘tar kechasi va 18-iyul kuni kunduzi qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)