Toshkentdagi Fransiya Respublikasi elchixonasida Nitssadagi terrorchilik xuruji munosabati bilan ochilgan hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Terakt qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlari, jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlari izhor etildi.
Avvalroq toshkentliklar Fransiya elchixonasiga gullar keltirayotgani haqida bildirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul, payshanba kuni kechasi Nitssa shahrida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi oqibatida 80 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)