O‘zbekistonda 17-iyul, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan joylarida +20...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
17-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda +22...+27 daraja, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +38 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +40 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)